Qozog‘iston milliy agrar universiteti rektori, akademik Yespolov Tlektes Isabaevichning institutimizga tashrifi

2018 yilning 30 mart kuni institutimizga Qozog‘iston milliy agrar universiteti rektori, akademik Yespolov Tlektes Isabaevich boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Mazkur tashrif davomida akademik T.I.Espolovning institutimiz professor-o‘qtuvchilari hamda talaba va magistrantlariga “Qozog‘iston milliy agrar universitetining innovatsion qarashlari“ mavzusidagi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Unda Qozog‘iston milliy agrar universiteti hamda institutimiz o‘rtasida o‘rnatilgan mustahkam do‘stona aloqalar, hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy ishlar, shuningdek, universitetning tarixi, erishgan yutuqlari, ta’lim tizimi, bugungi kundagi ilmiy sohalarda olib borayotgan izlanishlari hamda professor-o‘qtuvchilar, shuningdek, talaba va magistrantlarga yaratilgan imkonyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.

Xalqaro aloqalar bo‘limi